Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yilidagi qaroriga asosan, 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.
OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022-yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar roʻyxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.
Shuningdek, oʻtgan yili 630 000 odam OIV bilan bogʻliq sabablarga koʻra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.
Bu esa, oʻz navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.
Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yoʻnalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS boʻyicha qoʻshma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
Soʻnggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yoʻl bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, oʻtgan yili roʻyxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqqanligi gumon qilingan.
JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qatʼiy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.
Shu yilning uchinchi choragi yakuniga koʻra, yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli — antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat byudjeti mablagʻlari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring