Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish oʻrinlari yaratish uchun oʻta muhim zamin — Prezident

16:14 29 Iyul 2022 Siyosat
744 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish oʻrinlari yaratish uchun oʻta muhim zamin”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdan soʻng. 

Davlatimiz rahbari maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlar direktor va rektorlariga murojaat qilib, ularni har bir oʻquvchi va talaba IT bilimlari va chet tillarini egallab chiqishlariga masʼul boʻlishga chaqirdi.

Bugun aytilgan barcha takliflar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinishi taʼkidlandi.

«Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, oʻrtoqlaringizga shuni yetkazishlaringizni soʻrayman.

Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha kerak boʻladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz. Oʻzimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda boʻlamiz», dedi Prezident uchrashuv yakunida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?