Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning soʻnggi kuni
Illustrativ foto
2022-yil 28-avgust kuni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.
Shuningdek, 31-avgust kuni talabalar oʻqishini xorijdan Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga koʻchirish boʻyicha test sinovi natijasidan norozi boʻlgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan edi.
Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (6-sentyabr) arizalarni qabul qilishning soʻnggi kuni hisoblanadi.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.
Apellatsiya arizalarini koʻrib chiqish 2022-yil 7-sentyabr kunidan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring