Bugun ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

08:20 16 Iyul 2024 Jamiyat
338 0

“Oʻzgidromet” 16-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab bir oz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-13 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechas18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Toshkent viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

15—16-iyulda togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?