“Bu qurilish kompaniyalarini nazorat qiladigan bormi?” — vazirlik murojaatga munosabat bildirdi

11:37 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
233 0

Illustrativ foto

Telegram ijtimoiy tarmogʻida Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uylardan subcidiya asosida uy berilishi belgilangan, biroq bir yildan beri uyi bitmay subsidiya muddati tugagan  fuqaroning murojaatiga Qurilish vazirligi munosabat bildirdi

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining qaroriga asosan “Turkiston” MFY hududida 9 ta 5 qavatli turar joy majmuasi qurilishi  rejalashtirilgan. 

Mazkur majmualarni qurish boʻyicha oʻtkazilgan auksion savdolarida 3 ta 5 qavatli turar joy majmuasini qurish boʻyicha «Movarounnahr qurilish trans» MCHJ gʻolib boʻlib, 2021-yil 23-centabrda qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent viloyati hududiy nazorat inspeksiyaga xabarnoma yuborgan.

Qurilish obyektning bugungi kundagi tayyorgarlik darajasi 90%ni tashkil etadi, qurilish montaj ishlari davom ettirilib, obyektda 30 nafar ishchi qurilish ishlarini olib bormoqda.

Turar joyni foydalanishga topshirish muddatining choʻzilish sabablaridan biri yer maydoni toʻliq oʻrganilmasdan shoshqaloqlik bilan ajratilganligi yaʼni sugʻoriladigan ekin maydonidan ajratilganligi qoziq qoqish ishlari jarayonida aniqlanib, yer maydoni bir necha bor oʻzgargan, shunga mos loyiha yechimlariga ham bir necha marta oʻzgartirishlar kiritilganligi bois qurilish muddatlari choʻzilib ketgan.

Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan obyektda 18-marta nazorat ishlari olib borilib, qurilish sifati yuzasidan 10 ta yozma koʻrsatma berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?