“Bu nihoyatda muhim” — Sodiq Safoyev Eronning SHHTga qoʻshilishi haqida munosabatini bildirdi

22:08 13 Sentyabr 2022 Siyosat
998 0

Foto: Халқ сўзи

Senat raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning aytishicha, SHHT bu – mintaqaviy rivojlanish tashkiloti. Mintaqaning eng yirik davlatlarning bu tashkilotga kirishi koʻzda tutilgan dasturning amalga oshishida ijobiy rol oʻynashi mumkin.

«Eron – muhim va yirik davlat. Dunyoda bevosita chegaradosh davlatlar soni boʻyicha ham eng katta mamlakat bu – Eron. U Markaziy Osiyoni Yaqin sharq, Janubiy Osiyo, Kavkaz, Yevropa bilan bogʻlovchi chorrahada joylashgan. Bu esa uning joʻgʻrofiy joylashuvi qanchalik muhimligini koʻrsatadi.

Eng asosiysi – Eron orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyati biz uchun juda muhim. Chabahar dengiz portlari Markaziy Osiyoni jahon bozori bilan bogʻlashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Albatta, Eron bilan hamkorlik qilish SHHT uchun juda muhim», – taʼkidladi Sodiq Safoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?