Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam

19:43 28 Mart 2023 Jamiyat
640 0

Foto: Халқ сўзи

Ayni kunlarda Fargʻona viloyati boʻylab “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam” shiori ostida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ana shunday uchrashuvlardan biri “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Fargʻona issiqlik elektr markazida ham tashkil etildi.

Yuzma-yuz muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Manzura Salimova ishtirok etib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va oʻzgarishlar xususida batafsil maʼlumot berdi.

— Konstitutsiyaviy qonun loyihasi oʻz mohiyatiga koʻra, “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyillariga asoslanayotgani eʼtiborga loyiq, — deydi senator M. Salimova. — Bu xalqparvar davlat barpo etish, inson huquqlari va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, yurtimizda har bir oila manfaatini toʻliq taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuv Konstitutsiyaviy qonun loyihasida koʻzda tutilayotgan yangilik va oʻzgarishlar xususida qiziqarli savol-javob tarzida olib borildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер