Вesh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining roʻyxati eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi saytida besh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining roʻyxati eʼlon qilindi.
Roʻyxatda jami 565 talabalikka qabul qilinganlarning ismi familiyasi keltirilgan. Eʼtiborlisi ular 20,10, 26,30, 28,40, ... ball toʻplab ham talabalikka qabul qilinganlar bor.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijasi boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda taqsimlanishi belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 avgustdagi 6-son bayoni qaroriga bilan davlat grantining minimal oʻtish bali 68,0 ball etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring