Bu yil 2 mln ga yaqin yoshlar saylovda ilk bor ovoz beradi

23:43 16 Noyabr 2019 Jamiyat
2003 0

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib oʻtadigan saylovlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, siyosiy madaniyatini oshirish, saylov institutlariga ishonchini mustahkamlash hamda parlamentda yoshlarning kvotasini yanada kengaytirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Yosh saylovchi-2019” mavzusida yoshlar forumi tashkil etildi. Bugungacha forum Fargʻona, Namangan va Jizzax viloyatlarida oʻtkazildi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu galgi saylovchilarning 11 mln dan ziyod qismini yoshlar tashkil qiladi. Ushbu siyosiy jarayonlarda 2 mlnga yaqin yoshlar oʻzlarining Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan siyosiy, yaʼni ovoz berish huquqlaridan birinchi marotaba foydalanadi.

Joylarda oʻtkazilgan oʻquv seminarlarda “Yosh saylovchi 2019” targʻibotchisi koʻkrak nishoni ishtirokchilarga tarqatildi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan “Saylov-2019” mavzusidagi videorolik namoyish etildi hamda tadbir soʻnggida “Vatan kelajagi uchun ovoz beramiz!” mavzusida yoshlar ishtirokida fleshmob oʻtkazilib, “Siz saylov qonunchiligini bilasizmi?” mavzusida huquqiy viktorina tashkil qilindi. Viktorinada faol ishtirok etgan 14 nafar iqtidorli yoshlarga Samarqand viloyatiga 10 kunlik bepul sayohat yoʻllanmasi tarqatildi.

Forum viloyatlar boʻylab davom etmoqda.

Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер