Bu hol vazirlik uchun uyatli — Ozodbek Nazarbekov Oʻrikzor bozoridan sotib olingan sifatsiz kosmetikalar haqida

Bosh prokuror tomonidan vazirlik bosh hisobchisi 2.6 milliard soʻmga 56 barobar qimmat narxda tizimdagi teatr, madaniyat uylari va boshqa tashkilotlar uchun grim sotib olganligi haqida maʼlum qildi. Aytingchi, ushbu holatda tuzilgan shartnoma va hujjatlarga siz imzo qoʻyganmisiz yoki...
Qolaversa, boshqalar bilmasada, syomkalar jarayonida juda koʻp bor foydalangan qoʻshiqchi sifatida kosmetik pudra nima ekanligini siz yaxshi bilasiz. Aytingchi, Oʻrikzor bozoridan sotib olingan sifatsiz kosmetik pudrani soxta hujjatlar bilan grim deya rasmiylashtirilishi sizda shubha uygʻotmaganmi? Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov javob berdi.
"Avvalo shuni aytish kerakki, bu hol vazirlik uchun uyatli.
Afsuski, men bu voqeadan jinoyat ishi ochilgandan soʻng xabar topdim. Yaʼni tender vaqtida qatnashmaganman.
Bilasizmi, firma tomonidan vazirlikka namuna tarzida toza grim koʻrsatilgan. Lekin teatrlarga oddiy mahsulot yetkazilgan.
Bizga teatr xodimlari shikoyat qilishganidan soʻng jinoyat ishi ochildi", dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring