Bryus Lining doʻsti Chak Norris Kapitoliyga bostirib kirganlar orasida bormidi?

11:57 13 Yanvar 2021 Dunyo
241 0

Amerikalik mashhur aktyor Chak Norris  oʻtgan hafta Vashingtonda roʻy bergan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumon qilinyapti. Donald Tramp tarafdorlaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda kinoijodkorga oʻxshab ketadigan odam rasmini qoʻygandan soʻng ushbu taxminlar paydo boʻldi. Ammo Chakning menejeri maʼlumotni rad etdi, deb yozadi New York Post.

Manbaga koʻra, "Tramp 2020” yozuvi tushirilgan bosh kiyim(kepka)dagi erkak kishining surati 80 yoshli Chak Norrisga oʻxshab ketadi. Foto avvaliga Instagram tarmogʻida paydo boʻlgan. Soʻng Twitterʻda tarqalib, mashhur boʻlib ketdi. Hatto namoyishchilar taniqli aktyor ular bilan bir safda ekanligidan faxrlanishayotganliklarini yozishgan.

Voqeaga sanʼatkorning menejeri raddiya berdi.

"Bu Chak Norrsi emas, uning qiyofadoshi, lekin Chak undan chiroyliroq", deya artist oʻz oilasi davrasida Texasda ekanligini bildirgan u.

Keyinroq aktyorning oʻzi ham bu borada oʻz fikrini aytdi.

"Kapitoliydagi tartibsizliklarda Chak Norrisga oʻxshagan odam qatnashgani haqida yaqinda eshitib qoldim. U men emasman, u yerda boʻlmaganman. Jamiyatimizda har qanday zoʻravonlikka oʻrin yoʻq. Men hamisha qonun va tartib tarafida boʻlib kelganman va shunday boʻlib qoladi", — deb yozadi u oʻz tvitterida.

Amerikalik kinoaktyor, sharq yakkakurashlari ustasi Karlos Rey “Chak” Norris “Ajdarho yoʻli”(Bryus Li bilan) va "Choʻrtkesar Uoker" seriallari orqali mashhurlikka erishgan.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?