Braziliyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi

16:47 26 May 2021 Dunyo
566 0

Illyustrativ foto

Braziliyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi aniqlangan. Bu haqda Braziliya virusologlar jamiyati vitse-prezidenti Joao Pesoa Arauju Juniorga asoslanib "Globo" xabar bermoqda.

"R4 variantining kelib chiqishi nomaʼlum. Dastlab u San-Paulu shtatidagi Mokoka munitsipalitetidan olingan namunada topilgan. Keyin u Portu Ferreyrada keng tarqalgani maʼlum boʻldi. Hozircha uning yuqumli yoki xavfli ekani haqida dalillar yoʻq", deyiladi xabarda.

Portalga koʻra, R4 varianti oldin aniqlangan R1 va R2 “Braziliya” va R3 "Filippin" shtammlari bilan umumiy kelib chiqishga ega.

Avvalroq, Buyuk Britaniyaning Yorkshir grafligi olimlari koronavirusning genlarning gʻayrioddiy kombinatsiyasi ega uch karra mutatsiyasini aniqlagani haqida xabar bergan edik. Ushbu shtamm bilan 49 kishi zararlangani maʼlum boʻlgan. Ammo uning vaksinalarga chidamli ekanini koʻrsatadigan dalillar hali olinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?