Braziliya terma jamoasi Amerika kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi
Futbol boʻyicha Braziliya terma jamoasi joriy yil oʻtkaziladigan Amerika kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda “AS” nashri xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchilar turnirda qatnashmaslik toʻgʻrisida aniq qarorga kelishgan va ular Amerika Kubogini boykot qilish maqsadida boshqa jamoalar vakillari bilan muloqot qiladi.
Nashrning yozishicha, futbolchilar ushbu qarorga turnir Braziliyada boʻlib oʻtishini bilganlaridan soʻng kelishgan. Aslida musobaqani Kolumbiya yoki Argentina qabul qilishi kerak edi. Ammo Kolumbiyadagi siyosiy va noqulay epidemiologik vaziyat tufayli uni keyinga qoldirishga qaror qilindi.
Shu bilan birga, Braziliyada ham koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshi emas. Soʻnggi 24 soat ichida mamlakatda 83391 kishida virus aniqlangan. Infeksiya asoratlari tufayli 1682 bemor hayotdan koʻz yumgan. Umuman olganda, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 16,8 milliondan ortiq odamda virus qayd etilgan.
Amerika kubogi — bu Janubiy Amerika mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etadigan musobaqa boʻlib, u 1910-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Braziliya musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring