Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar majburiy tartibda kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi

13:21 20 Fevral 2022 Jamiyat
746 0

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–755-son, 18.02.2022-y.) bilan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

Shunga koʻra, bojxona organlarining:

— jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

— jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega ekanligi;

— bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtishi kerakligi belgilandi.

Sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojxona organi xodimi oʻqish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер