Bojxona koʻrigi: hujjatlarda qayd etilmagan 1 mlrd. 633 mln. soʻmlik tibbiy texnika buyumlari

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” TIF bojxona postida navbatdagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi.
Xorijdan yuk konteynerida keltirilgan va bojxona rasmiylashtiruvida davomida avtomatik tarzda “qizil” yoʻlakka yoʻnaltirilgan 2 turdagi sintetik va toʻqimachilik mato tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada oʻtkazilgan bojxona koʻrigi davomida umumiy qiymati 1,8 mlrd. soʻmlik salkam 6.5 tonna matolar hujjatlarda koʻrsatilmaganligi, shuningdek, bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilganidan ortiqcha miqdorda ekanligi aniqlandi.
Agarda mazkur tovarlar qonuniy yoʻl orqali olib kirilganida 160 mln. soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga undirilar edi.
Yana bir holatda xorijdan keltirilgan yuklar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yuk konteynerida hujjatlarda qayd etilmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 633 mln. soʻmlik 13 turdagi tibbiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring