Boʻzatovlik yuz nafar ayol “Chimyon” sihatgohida dam olmoqda

17:13 05 Avgust 2022 Jamiyat
385 0

Foto: Xalq so‘zi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 100 nafar opa-singillarimiz Fargʻona viloyatining soʻlim “Chimyon” sihatgohida hordiq chiqarmoqda.

— “Chimyon” sihatgohida 12 kun davomida bepul dam olib, sogʻlomlashtirish muolajalarini qabul qilishimiz uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinibdi, — deydi boʻzatovlik Gulnara Yusupova. — Uy-roʻzgʻor yumushlari, turmush tashvishlaridan orta olmay, gohida oʻzimiz va sogʻligimiz haqida oʻylashga ham fursatimiz yetmaydigan biz, ayollar uchun bunday imkoniyatning yaratib berilgani ayni muddao boʻldi. Albatta, bundan juda ham minnatdormiz.

Taʼkidlash joizki, yaqinda72 nafar boʻzatovlik nuroniylar “Chimyon” sihatgohida dam olishgan boʻlsa, qoraqalpogʻistonlik 302 nafar bolajonlar yozgi taʼtilni Fargʻona viloyatida unutilmas taassurotlar bilan oʻtkazdilar.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?