Boʻzatovlik nuroniylar “Chimyon”da dam olmoqda

Foto: Халқ сўзи
Respublikasining Boʻzatov tumanidan 72 nafar nuroniy Fargʻona tumanidagi “Chimyon” sihatgohiga olib kelindi.
Mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida mamlakatimizda xalq manfaatini koʻzlab olib borilayotgan ulkan islohotlar samarasi, xususan, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar eʼtirof etildi. Keksa avlod vakillariga yuksak hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash qamrovi tobora yangi mazmun kasb etayotgani taʼkidlandi.
Oʻz navbatida qoraqalpogʻistonlik mehmonlar koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorlik bildirdilar.
— Boʻzatovlik mehnat faxriylari 10 kun davomida sihatgohda bepul dam olib, sogʻlomlashtirish muolajalari qabul qiladi va ular uchun Fargʻona viloyati boʻylab maroqli sayohatlar tashkil etiladi , — deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyat Kengashi raisi Erkin Nuraliyev. — Aytish joizki, Orolboʻyida istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz yil davomida “Chimyon” sihatgohida hordiq chiqarishlari koʻzda tutilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring