Botkenda tibbiyot turizmi yoʻnalishida hamkorlik qilinadi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda Botken viloyati sogʻliqni saqlashni muvofiqlashtirish va boshqarish markazi direktori Arzibek Borubekov boshchiligida bir guruh qirgʻizistonlik shifokorlar Fargʻona viloyati tibbiyoti yutuqlari bilan tanishdi.
Xususan, Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida oʻtkazilgan uchrashuvda shifo maskani faoliyati, bevosita chet eldan kelgan bemorlarga xizmat koʻrsatish sohasida erishilayotgan yutuqlar taqdimot qilindi.
Markazda 2019-yildan buyon xorijlik 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga jahon andozalari darajasida malakali tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Oʻtgan davrda bu yerda 650 nafarga yaqin qirgʻizistonlik bemorlar davolandi.
— Yuzma–yuz muloqot chogʻida qardosh yurtdan kelgan hamkasblarimiz tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlarni oʻz koʻzi bilan koʻrib, bevosita bemorlar bilan suhbatlashishdi, — deydi Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Bobur Primqulov. — Tashrif yakunida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida kengaytirilgan tartibda yigʻilish oʻtkazilib, tibbiyot turizmi yoʻnalishida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring