Boʻstonliqda kamida 50 gektar maydonga ega kino shahar barpo etiladi
Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida kamida 50 gektar maydonga ega kino shahar barpo etish rejalashtirilmoqda.
2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasiga koʻra, 2022-yilda jahon tajribasini oʻrganib, kino shahar konsepsiyasini ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish koʻzda tutilgan.
Maʼlum qilinishicha, kino shahar yordamida Oʻzbekistonda milliy filmlar namoyishi va targʻibotini yuqori saviyada tashkil etish, filmlarni ommalashtirish va milliy kinoprokat tarmogʻini yaratish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, “Kinokaravon”ning ish tartibi mamlakatimizning har bir viloyati (shahari) ni hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Reklama kampaniyasi tizimli yoʻlga qoʻyiladi, jahon tajribasi qoʻllaniladi, mamlakatimizdagi kinoteatrlar yagona tarmoqqa ulanadi. Filmlar onlayn tarzda yetkazib beriladi va namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, respublikada milliy animatsiya sanoati shakllanadi va faol rivojlanadi. Kinematografiya agentligi qoshida “Oʻzbekmultfilm” kinostudiyasi tashkil etilib, uning faoliyati jahon tajribasiga asoslangan holda mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi.
Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha tajriba almashish maqsadida xorijiy animatsion studiyalar bilan muzokaralar olib boriladi, malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Xususiy animatsiya studiyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyozlar berish, subsidiya tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Animatsiya sohasida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari, studiyalar va korxonalarga davlat buyurtmalarini joylashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring