Bosniya va Gersegovina Biznes-ombudsman institutini tashkil etishda Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

Foto: Illustrativ foto
Biznes-ombudsman devoni xodimlari komplayens va etika boʻyicha xalqaro sertifikatlangan mutaxassis Mila Srnogoras Bayich bilan onlayn uchrashuv oʻtkazishdi.
Uchrashuv Bosniya va Gersegovinada Biznes-ombudsman institutini tashkil etish dasturi doirasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini oʻrganish maqsadida tashkil etildi. Bugungi kunga qadar Gruziya va Ukrainaning shu kabi tashkilotlari tajribasi oʻrganilgan.
Uchrashuvda Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Oʻzbekistonning Biznes-ombudsman institutini tashkil etish tajribasi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Xususan, Biznes-ombudsmanning vakolatlari roʻyxati, uning vazifalari, shuningdek, faoliyat koʻrsatgan davrda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida soʻzlab berildi.
Shu bilan birga, jahondagi maʼlum Biznes-ombudsman institutlari orasida Oʻzbekiston Biznes-ombudsmani keng maʼmuriy resurslar taʼminlangani va bu oʻz navbatida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilish qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring