Boshqa “hisob raqami”ga oʻtib ketgan “Cobalt” isteʼmolchiga qaytarildi

12:54 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
423 0

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida yashovchi fuqaro Kamil Xidirovdan murojaat kelib tushgan. Unga koʻra, fuqaro "Beruniy Avto Servis MCHJ“ va ”Beruniy Kapital bank" korxonalaridan norozi boʻlib yozma arizasida quyidagilarni bayon qilgan: “Beruniy Avto salon bilan 2020-yil 26-iyun kuni “Cobalt” avtomashinasini olish maqsadida shartnoma tuzdik. Avtomashinani yetkazish muddati 2020-yil 30-sentyabr edi, lekin men 2020-yil 21-sentyabr kuni avtosalonga borib mashinamni qachon berishini soʻraganimda, Avtosalon xodimlari yana 3 oy kutishim kerakligini, sababi toʻlangan jami 82 000 000 soʻm toʻlovim shartnomadagi hisob raqamga tushmagani, boshqa hisob raqamga toʻlaganimni aytishdi”.

Bu holat Federatsiya xodimlari tomonidan oʻrganilgan. Natijada, 29-sentyabr kuni toʻlovlar toʻgʻri oʻtganligi aniqlangan. ATB Kapitalbank CHBF “Kapital 24” “Beruniy” minibank korxonasidan toʻlovlar toʻgʻri yoʻnaltirilganligi sababli, Beruniy "Avto Servis" MCHJga xat orqali murojaat qilindi va javob xatida, “Isteʼmolchi “Beruniy avtosavdo servis” MCHJdan avtomashinasini muddatdan oldin hech qanday eʼtirozlarsiz oʻz xohishi bilan olib ketgan” degan yolgʻon xabarni berishgan. Ushbu muammoli holat Federatsiya aralashganidan soʻng fuqaro murojaatidan 2 kun oʻtib, avtosalon xodimlari isteʼmolchiga telefon qilib, avtomashinani olib ketishini aytgan.

Federatsiyaning tavsiyasiga koʻra, “Hurmatli isteʼmolchilar! Agar sizda shunga oʻxshash muammolar paydo boʻlsa, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?