Bosh vazir: Oʻzbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni toʻxtatadi

15:42 15 Mart 2020 Jamiyat
877 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston 16-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan barcha aviareyslarni bekor qiladi, mamlakatga avtotransportda kirish-chiqish yoʻllari ham yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, boʻlib oʻtgan maxsus brifingda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov maʼlum qildi.

Brifingda temir yoʻl qatnovlarini toʻxtatish masalasini hal qilish uchun uch kun vaqt ajratilgani maʼlum qilindi.

Vaziyatni nazoratga olib turish maqsadida call sentr ishga tushiriladi. Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yoʻllari va samolyotlarda 50 foiz chegirma beriladi va maxsus ulovlar ajratiladi.

Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bogʻliq ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin boʻladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda boʻlishlari talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?