Bosh vazir oʻrinbosari Namangan viloyatidagi sport obyektlarini koʻzdan kechirdi

Xabaringiz bor, bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga joʻnab ketdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad avval qoʻyilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish, mahallalardagi sharoitni oʻrganish, aholini oʻylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilab olishdir.
Davlatimiz rahbari bilan birga hukumat aʼzolari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduxakimov ham ayni vaqtda Namangan viloyatida boʻlib turibdi.
Bugun bosh vazir oʻrinbosari A.Abduhakimov Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Avaz Karimov hamda Namangan viloyat hokimining turizm va sport ishlari boʻyicha maslahatchisi Botir Nuritdinovlar hamrohligida Namangan viloyatidagi bir qator sport obyektlari hamda Namangan shahrida turizmni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, mehmonlar Namangan shahar Davlatabod tuman 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yangidan barpo etilayotgan inshooti, Badminton markazi, “Navbahor” Markaziy stadioni hamda Namangan viloyat futbol mahorat maktabining rekonstruksiya qilinib, zamon talablari darajasida taʼmirlangan obyekti, qolaversa “Afsonalar vodiysi bogʻi” yer maydonidagi masjidning qurilishi va shahar markazida barpo etilgan velosiped yoʻlakchalari, umuman “Salomatlik yoʻlaklari”ni koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, Aziz Abduxakimov mavjud sport inshootlarining samaradorligini oshirish, ularda doimiy ravishda yoshlar va mahalla aholisi sport bilan shugʻullanishini taʼminlash, “Salomatlik yoʻlaklari”dan maksimal darajada foydalanish kabi masalalarda oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Facebook 7 million yevro jarimaga tortildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring