Bosh vazir oʻrinbosari investorlarga subsidiya sertifikatlarini topshirdi 

08:20 13 Iyun 2021 Iqtisodiyot
510 0

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov uch mehmonxona rahbariyatiga subsidiya sertifikatlarini topshirdi.

Investorlarga 1 marotabalik 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun — 40 million soʻm, 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻm miqdorida subsidiya ajratilishi haqida maʼlum qilingan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qarori bilan tasdiqlangan «Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlar franchayzingi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi» Nizomga muvofiq, Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, investorlarni qoʻllab-quvvatlash va soha rivojini yana-da jadallashtirish maqsadida quyidagi tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar ajratishga doir tegishli qarorlar qabul qilindi:

«Gabriyelle Invest» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Toshkent shahrida 50 xonali 3 yulduz toifasidagi joylashtirish vositasini qurib foydalanishga topshirganligi uchun 2 000 000 000 (ikki milliard) soʻm;

«Regal Stay Hotel» MCHJga Toshkent shahrida 74 xonali 3 yulduz toifasidagi joylashtirish vositasini qurib foydalanishga topshirgani uchun 2 960 000 000 (ikki milliard toʻqqiz yuz oltmish million) soʻm;

«Avesta Technologiyes» MCHJga «Courtyard by Marriot» brendi ostida Toshkent shahrida 131 xonali 4 yulduz toifasidagi joylashtirish vositasini qurib foydalanishga topshirganligi uchun 8 515 000 000 (sakkiz milliard besh yuz oʻn besh million) soʻm miqdorda subsidiyalar ajratildi.

Shuningdek, “Avesta Technologiyes” MCHJga “Courtyard by Marriot” brendi ostida Toshkent shahrida 131 xonali 4 yulduz toifasidagi joylashtirish vositasini qurib foydalanishga topshirganligi uchun 52 400 (ellik ikki ming toʻrt yuz) AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratildi.

Ushbu subsidiya yuqoridagi qaror doirasida tashkilotlarni qisman moliyalashtirishning 4 yulduzli toifaga ega boʻlgan dastlabki 30 mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?