Boʻsh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi

“Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–162-son, 28.06.2022-y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga va ushbu obyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini toʻxtatish tartibi bekor qilindi.
2023-yil 1-martgacha:
— hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar)ga muvofiq boʻlmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima solinmaydi;
— xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondiga oid operatsiyalarni “Ye-aktiv” tizimida aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.
2022-yil 1-iyuldan:
— majburiy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi deb eʼtirof etiladigan tadbirkorlarga QQS boʻyicha guvohnoma avtomatik ravishda beriladi;
— soliq xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilarning QQS boʻyicha guvohnomasining amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan 5 ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan soʻng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda toʻxtatib turiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring