Bosh qomusimizda bolaning manfaatlari, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida oʻz aksini topishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Prezident mavzuni davom ettirdi:
“Bosh qomusimizda bolaning manfaatlari, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida oʻz aksini topishi zarur.
Shu bilan birga, davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qatʼi nazar, doimo qoʻllab-quvvatlashini mustaqil qoida sifatida belgilab qoʻyishimiz kerak.
Asosiy qonunimizga quyidagi qoidani kiritishni taklif etaman:
“Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sogʻlom turmush tarzi tamoyillari asosida maʼnaviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.
Shuningdek, Konstitutsiyamizga “Ota-onalar oʻz farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻligʻi, toʻlaqonli va barkamol rivojlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan qoidani kiritish yosh avlod taqdiri uchun masʼuliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring