Bosh prokuratura tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarning 252 nafari intizomiy va 222 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi

09:45 29 Iyul 2022 Jamiyat
217 0

Respublika va hududiy shtablar tomonidan Prezidentning 22.01.2022-yildagi “2022 – 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ -98-son qarori ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Unga koʻra, joriy yilda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida 2 150 ta obyektda qurilish – taʼmirlash ishlari olib borilishi lozim boʻlib, ulardagi qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi shtablar tomonidan monitoringga olingan.

Ushbu obyektlarning yangidan boshlanuvchi 1 426 tasi uchun loyiha - smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi va 1 420 tasining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi hamda 1 042 tasining kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi taʼminlangan.

Dastur ijrosini joyida oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida Respublika shtabi rahbari boshchiligidagi guruh tomonidan tasdiqlangan grafik asosida barcha hududlar oʻrganildi.

Joylardagi vaziyat hudud hokimlari va bevosita ijrochilar ishtirokida muhokama qilinib, vazifasini lozim darajada bajarmagan va qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarning 252 nafari intizomiy va 222 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, shtablar tomonidan dasturdagi 419 ta obyektda 18,1 mlrd. soʻmlik sifatsiz ish va 192 ta obyektda 20,9 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari aniqlanib, 337 ta obyektdagi 16,2 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar va 181 ta obyektdagi 17,8 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari bartaraf etilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?