Bosh prokuratura nima uchun Equinox sotib olganiga izoh berdi

"Zafarbek Solijonov« telegram kanalida Davlat xaridlari portalining maʼlumotiga asosan 2020-yil davomida Bosh prokuratura »UzAuto Motors"dan LACETTI, EQUINOX hamda TRAILBLAZER avtomashinalarini sotib olganligi haqida xabar chiqarilgan.
Bosh prokuratura ushbu maʼlumot boʻyicha rasmiy bayonot berdi.
"Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli xarajatlar cheklovlari kiritilishiga qadar Bosh prokuratura tomonidan “UzAutoMotors” AJdan “LACETTI” hamda “EQUINOX” rusumli avtomashinalari sotib olingan.
Biroq “TRAILBLAZER” rusumli avtomashina xarid qilinmagan.
“EQUINOX” rusumli avtomashina Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun xujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari (yangi shtat birligi) xizmatda foydalanishi uchun xarid qilingan.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmat avtomashinalari byudjetdan tashqari jamgʻarma hisobidan xarid qilinganligi maʼlum qilinadi" deyiladi ushbu bayonotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring