Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qoʻmitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi

19:07 26 Sentyabr 2022 Siyosat
649 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yoʻnalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama etilmoqda.

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga:

- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish boʻyicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

- Fargʻona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish boʻyicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar toʻplamini shakllantirishga topshiriq berildi.

Kelgusi yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi elektronika va mikro-elektronika yoʻnalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratib borishi belgilandi.

Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qoʻmitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Oxirgi yillarda aholi xonadonlarining maishiy texnikaga boʻlgan talabi har yili 10-15 foizga oshmoqda. Bu ularning servis xizmatiga ham talabi ortib bormoqda, degani.

Mutasaddilarga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatishga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?