Bosh prokuratura Andijon davlat universitetida yuz bergan baxtsiz hodisa sabablarini maʼlum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosining 4-qavatidan tushib ketganligi haqida xabarlar tarqalgan.
Mazkur vaziyat haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati bayonot berdi.
Xabarda qayt etilishicha, 4-dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasining oila aʼzosi sifatida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan Tarix fakulteti binosida boʻlib oʻtadigan ota-onalar majlisiga kelgan.
Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning toʻsiqlari boʻlmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va ogʻir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda taʼmirlash ishlarini olib borayotgan “S.Haus” MCHJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning toʻsiqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “S.Haus” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda Andijon shahar IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring