Bosh prokuratura aholiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aholiga murojaat yoʻlladi.
«Bosh prokuratura keng jamoatchilik eʼtiborini yana bir bor prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi.
Binobarin, Bosh prokuratura mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.
Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining (71) 202-08-28 raqamli “Ishonch telefoni”ga maʼlum qilishingizni soʻraymiz.
Murojaatchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi» deyiladi murojaatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring