Boris Jonson jarrohlik stoliga yotqizildi

18:13 20 Iyun 2022 Dunyo
599 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Londondagi kasalxonada umumiy behushlik ostida burun boʻshligʻida jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar bermoqda.

“Bosh vazir kichik jarrohlik amaliyotidan oʻtdi. Bu uning burun boʻshligʻi bilan bogʻliq. Bugun ertalab u dam oladi. Tushdan keyin men yangi maʼlumotlar haqida xabar beraman”, dedi bosh vazirning vakili. Uning qoʻshimcha qilishicha, muhim maʼlumotlar keyingi 24 soat ichida Bosh vazir oʻrinbosari Dominik Raabga xabar qilinadi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya bosh vaziri 21-iyun kuni Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi majlisiga raislik qilishi ham rejalashtirmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Jonson oʻz qarorgohiga qaytgan va oʻzi uchun tayyorlangan tez yordam mashinasi xizmatidan foydalanmagan. Joriy operatsiya Jonson 2020-yilda “COVID-19”ni boshidan oʻtkazganidan keyin birinchi marta kasalxonaga murojaat qilishidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?