Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Foto: Arxiv surat
“Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–427-son, 18.11.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
— Bolalar sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
— Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kasaba uyushmalari aʼzolarining farzandlari dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming soʻm), biroq yoʻllanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya toʻlanadi.
2023-yil 1-yanvardan:
— Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
— Davlat organlari va tashkilotlari oʻz xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yoʻllanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yoʻllanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming soʻmdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring