Bolalarni zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha standart operatsion tartib-qoidalari ishlab chiqiladi

11:11 17 Fevral 2022 Jamiyat
1121 0

Bolalar huquqlari boʻyicha vakil hamda vazirliklar, yoshlar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va YUNISEF vakillari hamkorligida ishlab chiqilayotgan standart operatsion tartib-qoidalari bolalarni zoʻravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Oʻzbekistonda bolalarni zoʻrovonlikdan, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarning bosimiga bardosh bera oladigan va bolalarni eng zarur boʻlgan vaqtda yetarli darajada himoya qiladigan yanada kuchliroq milliy va mahalliy tizim yaratish oʻta zarur. 

Bolalarni himoya qilish gumanitar yordam faoliyatining barcha sohalariga integratsiyalashgan boʻlishi kerak va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish, ularga qarshi chora koʻrish va qayta tiklash harakatlarining markazida bolalar boʻlishi kerak.

Mazkur sohadagi faoliyat Surxondaryo viloyatida ilk bor sinovdan oʻtkaziladi. Kelgusida bolalar va oilalarga koʻmak berish uchun 500 ga yaqin mutaxassislar tayyorlanadi.

Qayd etish lozimki, bu boradagi ishchi guruhning vazifasi Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarni (SOTQ) ishlab chiqishdan iborat.

Ishchi guruh tarkibiga Bola huquqlari boʻyicha vakili, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis Markazi, Yoshlar ishlari agentligi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi va YUNICEF vakillari kiritilgan.

Surxondaryo viloyatida bolalarni, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilish boʻyicha tarmoqlararo standart operatsion tartib-qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha yakuniy loyihasi joriy yilning mart oyida Surxondaryo viloyatida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?