Bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi

11:11 17 Avgust 2022 Jamiyat
642 0

Foto: Arxiv surat

Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022-y.) bilan Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.

Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida boʻlganlar hokimlikka ariza beradi.

Bunda nikohdan oʻtgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona boʻlishi mumkin.

Oilaviy tarbiyalash uchun tugʻilganidan boshlab 18 yoshgacha boʻlgan bolalar beriladi.

10 yoshga toʻlgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.

Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin koʻpi bilan 5 nafar bola beriladi.

Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi.

Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari (1,5 mln soʻm), 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari (2,1 mln soʻm) miqdorida pul ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер