Bolalarni maktabga tayyorlashda har bir bola uchun davlat byudjetidan yiliga 5 mln soʻm ajratilmoqda — MTV

17:13 26 Avgust 2021 Jamiyat
759 0

Matbuot markazida Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati ishtirokida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika boʻyicha 6 yoshli bolalarning 77 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

2025-yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga toʻliq jalb qilish, shuningdek 2030-yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Tadbirda mutasaddilarning maʼlum qilishicha, majburiy bepul taʼlimda xarajatlar toʻliq byudjet hisobidan qoplanadi.

1 nafar bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 700 soʻm, yiliga 5 mln soʻm mablagʻ ajratilmoqda.

Majburiy bepul taʼlimga 2020-yilda 50 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan, 2021-yilda 57,8 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Bugungi kunda 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar, maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga ham qamrab olinadi. Har bir hududda ota-onalar toʻlov miqdorlari bir-biridan farq qiladi:

a) qisqa muddatli guruhlar boʻyicha:

Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

Ota-ona toʻlovi miqdori:

Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 000 soʻm, viloyat markazida 36 000 soʻm, viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda 32 000 soʻm, tuman markazida 29 000 soʻm, boshqa joylarda 26 000 soʻm;

Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 000 soʻm, viloyat markazida 25 000 soʻm, viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda 23 000 soʻm, tuman markazida 20 000 soʻm, boshqa joylarda 18 000 soʻm.

Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanlarida joylashgan MTTlarda ushbu miqdorlar ikki baravar kamaytirilgan holda toʻlanadi.

b) boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari boʻyicha:

Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida ota-onalar toʻlovi undirilmaydi.

v) maktabgacha tayyorlov guruhlari boʻyicha:

MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar toʻlovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?