Bolalarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi “Yoʻl harakati maydonchasi” qurilib foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Adliya vazirligining buyurtmasiga binoan, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti “Bolalar yoʻl harakati ishtirokchisi” nomli loyiha oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan edi.
Loyiha maqsadi:
— aholi gavjum mahallalarida joylashgan Toshkent shahridagi 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va Fargʻona shahridagi 1 ta maktabda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishga moʻljallangan oʻquv maydonchalarini tashkil etish;
— yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yosh bolalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida didaktik oʻyinlarni oʻtkazish;
— bolalarni yoʻl harakati qoidalariga oʻrgatish uchun turli tanlovlar, viktorinalar va musobaqalarni tashkil etish hisoblanadi.
Unga koʻra, loyihani amalga oshirishga Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti biriktirilgan boʻlib, loyiha doirasida mazkur MMTda bolalar uchun zarur boʻlgan yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi kerakli barcha belgilar bilan taʼminlangan yoʻl harakati maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga doir tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Hozirda ushbu maydonchada yoʻl harakatining bevosita ishtirokchisi hisoblangan bolalarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish boʻyicha dars jarayonlari olib borilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar nihoyatda dolzarb ekanligi, MTT tarbiyalanuvchilarining yoʻl-harakati qoidalarini oʻrganishdagi ahamiyati juda katta boʻlishi va ularning bu boradagi bilimlarni egallashiga beqiyos xizmat qilishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring