Bolalarga bir olam quvonch ulashildi

12:28 25 Noyabr 2021 Jamiyat
337 0

Bolalarni kelgusi hayot yoʻliga boʻlgan ishonchini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Samarqand harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qism bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi 1-sonli “Mehribonlik uyi”ga borib, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tashishdi.

Dastlab tarbiyalanuvchilar bilan muz arenasiga sayohat uyushtirildi.

Soʻngra, “Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi”da Vatanimiz sarhadlarida sergak va hushyor xizmat qilayotgan alp oʻgʻlonlarning mashgʻulotlari hamda ular foydalanayotgan qurol-aslaha va harbiy texnikalari namoyish etildi.

Bolalar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, ularga shu yerda tushlik va konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir yakunida ularga kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?