Bola qalbi bilan seving dunyoni...

23:22 01 Iyun 2022 Jamiyat
498 0

Hayotning pastu balandliklari bisyor. Turmushning beshafqat zarbalari gohida oilani parokanda qilib yuborsa, oʻrtadagi farzandlarning dunyolarcha orzulari roʻyobi ham uzoqlashib ketadi. Murgʻak qalblar oʻksik, iztirob bilan toʻqnashadi. Koʻpincha bunday hollarda bolalar ona tarbiyasida qoladi. Yolgʻiz onalarga esa juda ogʻir...

Turmush zalvorini yelkasida koʻtarishga majolsiz boʻlib qolgan bu onalarda yashashga ishtiyoq va hayotga muhabbat uygʻotish, bolalar qalbiga quvonch ulashish davlatimiz tomonidan olib borilayotgan “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi bilan uygʻundir.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qarshi tumani hokimligi va saxovatli tadbirkorlar hamkorligida oʻtkazilgan 30 nafar kam daromadli oilalar farzandlarining sunnat toʻyi ham ana shu ezgu gʻoya negizida amalga oshirildi.

— Dunyoda bolalar quvonchini hech narsaga qiyoslab boʻlmaydi, — deydi Qarshi tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻbasi boshligʻi Maʼmurjon Abdullayev. — Bugun 30 nafar toʻy bolaning har biriga bosh-oyoq kiyim, velosiped va boshqa tuhfalar taqdim etildi, lekin bu faqat bolalar kunida ularni eslab turish, degani emas. Biz yil davomida bu kabi tadbirlarni oʻtkazishni moʻljallaganmiz.

Bayram tadbirida Qarshi tumani hokimi Behzodjon Yusupov sunnat toʻylari oʻtkazilayotgan bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklarini bildirdi. Ijro etilgan dilrabo kuy-qoʻshiqlar raqslarga ulanib ketdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер