Bola manfaati sud yoʻli bilan himoya qilinmoqda

06:03 06 Avgust 2022 Jamiyat
313 0

Respublikamizda odil sudlovni taʼminlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash borasida qator ishlar qilinmoqda. Xususan, ushbu amaliy choralarning bir qismi sifatida prokurorlarning fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi faoliyatini misol qilish mumkin.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi organlari tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarida prokurorlarning qiymati 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan 131 ta daʼvo arizalari qanoatlantirilgan.

Aybdorlardan regress tartibda zararni undirish haqida 108 mln. soʻmlik 23 ta hamda mehnat munosabatlari haqida jami 244 mln. soʻmlik 32 ta arizalar kiritilib, sudlarda tomonidan koʻrilib qanoatlantirildi.

Sud yoʻnalishida fuqarolarning 50 dan ortiq murojaatlar ijobiy hal qilingan.

Shuningdek, ertangi kelajagimiz boʻlgan bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yolgʻiz ona sifatida farzandga tugʻilganlik haqida guvohnoma olgan lekin bolaga otaligi belgilanmagan holatlar uchramoqda.

Prokuratura tashabbusi bilan tegishli idoralar bilan birgalikda hozirda 400 dan ortiq yolgʻiz onalar bilan “fuqarobay” uchrashib, suhbat qilinib, oʻrganish ishlari olib borildi.Natijada bola manfaatida otalikni belgilash va aliment undirish boʻyicha fuqarolik sudlariga prokuratura organlari tomonidan 24 ta daʼvo arizalar kiritildi.

Shuningdek, bolaning va yolgʻiz onaning manfaatida alohida yashayotgan otadan bolaning davolanishi uchun sarflangan qoʻshimcha harajatlarni undirish boʻyicha fuqarolik sudlariga 5 ta hamda har oyda qatʼiy summada moddiy taʼminot undirish boʻyicha 15 ta daʼvo arizalar kiritilib, sudlar tomonidan qanoatlantirildi.

Shu bilan birga, jamiyatimizda ayrim holatlarda oʻz farzandlariga nisbatan ota-onalik huquq va majburiyatlarini bajarmasdan kelgan ota-onalar uchramoqda.

Mazkur holatlarda, Oila kodeksida belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish boʻyicha sudlarga prokurorlar tomonidan 9 ta daʼvo arizalar kiritilgan boʻlsa, shundan 7 ta qanoatlantirildi, qolganlari sudda koʻrib chiqilmoqda.

Hozirda qonunda koʻrsatilgan tartibda bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?