Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

09:14 07 Dekabr 2019 Hujjatlar
1222 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan2019-yil 18-oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, №2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 
№12, 269-modda; 1997-yil, №2, 56-modda, №9, 241-modda; 1998-yil, №5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, №1, 20-modda, №5, 124-modda, №9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, №7–8, 217-modda; 2001-yil, 
№1–2, 11, 23-moddalar, №9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, №9, 
165-modda; 2003-yil, №5, 67-modda; 2004-yil, №1–2, 18-modda, №9,
171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, №12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, №4, 166-modda, №6, 248, 249-moddalar, №9, 422-modda, №12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, №4, 177, 187-moddalar, №9, 482, 484, 
487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, №1, 1-modda, №4, 
136-modda, №9, 335-modda, №12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, №6, 
231-modda, №9, 334, 336, 337, 342-moddalar, №12, 477-modda; 2011-yil, 
№4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, №12/2, 363-modda; 2012-yil, 
№1, 3-modda, №9/2, 244-modda, №12, 336-modda; 2014-yil, №9, 
244-modda; 2015-yil, №8, 310, 312-moddalar, №12, 452-modda; 2016-yil, 
№4, 125-modda, №9, 276-modda, №12, 385-modda; 2017-yil,№3, 47-modda, 
№6, 300-modda, №9, 506, 510-moddalar, №10, 605-modda; 2018-yil, №1, 1, 
5-moddalar, №4, 218, 224-moddalar, №7, 430, 431-moddalar, №10, 
679-modda; 2019-yil, №1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, №3, 161-modda, 
№5, 259, 267-moddalar,№7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 
592-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 52-moddaningikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1–4, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi”;

2) 60-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Voyaga yetmagan gumonqilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining iltimosiga koʻra, ishda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar bilan bir qatorda uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan birining yoki oʻzi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin”;

uchinchi qismitoʻrtinchi qism deb hisoblansin;

3) 61-moddaningbirinchi va ikkinchi qismlariquyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor boʻlish; oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; oʻzi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan oʻtkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi;surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart»;

4) 121-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan shaxslar soʻroq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin”;

5) 181-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi”;

6) 196-moddaning birinchi qismidagi“oʻn olti yoshga toʻlmagan” degan soʻzlar “voyaga yetmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 442-moddaning toʻrtinchi qismiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Voyaga yetmagan guvoh soʻroq qilinib boʻlgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim”;

8) 552-moddaning matnidagi “ishtirok etishga haqlidir” degan soʻzlar “ishtirok etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 553-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchinisoʻroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi.

Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqdaoʻz mulohazalarini bildirishga haqli.

Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak»;

10) 559-moddaning birinchi qismidagi “ishtirok etishga haqli” degan soʻzlar “ishtirok etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 
OʻRQ–139-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda;2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 10-modda:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydihamda bolani ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi”;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Davlat:

bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergansabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

ekspluatatsiya va zoʻravonlikka duchor boʻlgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻradi»;

2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:

«111-modda. Jinoyat protsessining ishtirokchisi boʻlgan

bola huquqlarini himoya qilish kafolatlari

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining taʼminlanishiboʻyicha choralar koʻradi.

Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy taʼsir oʻtkazish, uni koʻrsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.

Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarnibajarish taqiqlanadi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlarida jinoyat protsessining ishtirokchilari boʻlgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin».

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?