Bola huquqlari himoyasida xalqaro hamkorlik kuchaytirilmoqda

17:58 28 Mart 2024 Jamiyat
153 0

Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov va BMT bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Joffri Ijumba oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda A. Toshqulov mehmonlarga soʻnggi yillarda mamlakatimizda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.

Bugungi globallashuv davrida irodasi baquvvat, mustaqil dunyoqarashga ega, sogʻlom hamda har taraflama barkamol avlodni shakllantirish masalalari Davlat rahbarining doimiy etiborida ekanligi va bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha xalqaro tan olingan standartlar milliy qonunchilikka joriy qilinayotganligi haqida maʼlum qilindi.

J. Ijumba, oʻz oʻrnida, ushbu yoʻnalishda oʻtkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining Adliya vazirligining kelgusidagi faoliyatida, xususan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda oʻz mandati doirasida yaqindan texnik koʻmak koʻrsatishga
tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida Adliya vazirligi va YUNISEF oʻrtasidagi ijobiy hamkorlikni inobatga olib hamda kelgusida ushbu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tomonlar 2024-2025-yillarga moʻljallangan Ish rejani imzoladilar.

Mazkur xujjatda bolalarning odil sudlovdan foydalanish strategiyasi va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, bolalar va yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalarning buzgʻunchi gʻoyalaridan asrash, ularni huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni oʻtkazish nazarda tutilgan.

Tomonlar ushbu tadbirlarning samarali amalga oshirilishi kelgusida balalar va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshishi, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, intellektual salohiyatini oshirish va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga zamin yaratishiga ishonch bildirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер