Boku va Yerevan oʻrtasida tinchlikka erishish uchun tarixiy imkoniyat bor — Ozarbayjon TIV

14:49 15 Mart 2024 Dunyo
655 0

Foto: Sputnik

Boku va Yerevan oʻrtasida tinchlikka erishish uchun tarixiy imkoniyat bor. Bu haqda Gruziya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari bilan toʻqqizinchi uch tomonlama uchrashuv yakunlari boʻyicha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov maʼlum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, bu imkoniyat Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti toʻliq tiklanganidan keyin paydo boʻlgan. Tashqi ishlar vaziri Ozarbayjon tomoni tegishli yoʻnalishda choralar koʻrayotganini qayd etdi.

Boku mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish kerak, deb hisoblaydi, dedi Bayramov. Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyat Armanistonni Ozarbayjon bilan adolatli muzokaralar olib borishga undash uchun ijobiy qadamlar qoʻyishi kerak.

Avvalroq, Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan mamlakatning Boku bilan tinchlik bitimi tuzish imkoniyati borligini aytgan edi. Uning taʼkidlashicha, mamlakatlar xalqlari tinchlikka muhtoj.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер