Bokschilarimiz Olimpiada medali sari dadil qadam tashlashdi
Bugun ikki nafar bokschimiz Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Elnur Abduraimov (-63 kg) Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining medali sari navbatdagi muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirdilar. Har ikki bokschimiz ham chorak final uchun kechgan jangni ajoyib oʻtkazib, muxlislarimizning kayfiyatini koʻtarishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Xususan, bokschimiz Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining navbatdagi kun bellashuvlarini gʻalaba bilan boshlab berdi. Vakilimiz Kabo-Verde vakilini magʻlub etib, chempionlikni himoya qilish yoʻlida muhim qadam tashladi.
Nimchorak final bosqichi doirasidan oʻrin olgan mazkur bellashuv Varela Danielga qarshi oʻtdi. Shubhasiz, tajriba va mahorat bobida ancha ustun boʻlgan Zoirov bahsni oʻz foydasiga hal qilishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa, vakilimiz chorak finalga yoʻl olmoqda. Yarim final uchun kechadigan bellashuvda bokschimizga Filippin va Jazoir vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibi raqiblik qiladi.
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida Elnur Abduraimov ham oʻzining ikkinchi jangini muvaffaqiyatli oʻtkazib, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Nimchorak finalda unga tojikistonlik tajribali bokschi Bahodur Usmonov raqiblik qildi. Raundlardagi aniq va kuchli zarbalar yakunda hakamlarning baholarida aks etdi. Shu tariqa Elnur Abduraimov bu bellashuvni yaqqol ustunlik bilan yakunlab, chorak finalga yoʻl oldi. Yarim final uchun u armanistonlik Xovxannes Bachkov qarshiligini sindirishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring