Boks JCH: Oʻzbekistonlik bokschilar gʻalaba bilan boshladi. Bugun Hasanboy Doʻstmatov ringga chiqadi
Foto: Oʻzbekiston boks federatsiyasi
Kecha Serbiyaning Belgrad shahrida boks boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boshlanadi. Musobaqaning dastlabki kuni oʻzbekistonlik bokschilardan faqatgina Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ringga koʻtarildi. -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan yosh va isteʼdodli bokschimiz irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi jang oʻtkazib, ishonchli gʻalabaga erishdi.
26-oktyabr kuni jahon chempionatida ringga koʻtariladigan oʻzbekistonlik bokschilar roʻyxati:
- 80 kg: Odiljon Aslonov — Yusuf Changalavey (Tanzaniya) (19:20 dan keyin)
- 51 kg. Hasanboy Doʻsmatov — Saken Bibosinov (Qozogʻiston) (21:00)
- 75 kg. Saidjamshid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin)
Izoh: Bellashuvlarning boshlanish Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.
Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoamiz toʻliq tarkib bilan ishtirok etmoqda: - 48 kg. Nodirjon Mirzahmedov, - 51 kg. Hasanboy Doʻsmatov, - 54 kg. Shahobiddin Zoirov, - 57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov, - 60 kg. Abdumalik Xalakov, - 63,5 kg. Mujibullo Tursunov, - 67 kg. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, - 71 kg. Shahram Gʻiyosov, - 75 kg. Saidjamshid Jafarov, - 80 kg. Odiljon Aslonov, - 86 kg. Shohjahon Abdullayev,- 92 kg. Madiyor Saidrahimov, + 92 kg. Lazizbek Mullajonov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring