Boks: U-22 Osiyo chempionati dasturiga oʻzgarish kiritildi

12:47 26 Yanvar 2022 Sport
852 0

Xabaringiz bor, kuni kecha elektr tizimidagi nosozliklar tufayli boks boʻyicha Toshkentda davom etayotgan erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati bahslari qoldirilgan edi. Natijada 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida ilk marotaba tashkil etilgan mazkur qitʼa chempionati dasturiga oʻzgarishlar kiritildi.

25-yanvar kuni oʻtkazilishi belgilangan barcha janglar 27-yanvar sanasiga belgilandi. Demak, bugun musobaqa ishtirokchilari dam olishadi va barcha yarim final janglari ertaga, 27-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Bundan koʻzlangan maqsad, finalchilarga bir xil imkoniyatni taqdim etishdan iborat. Soddaroq aytganda, hech bir bokschi raqibiga nisbatan bir kun koʻproq dam olish imkoniga ega boʻlmaydi.

Quyida musobaqa dasturidagi oʻzgarishlar bilan tanishing:

27-yanvar: yarim final janglari (ayollar: 12:00-16:00, erkaklar: 17:00-21:00)

28-yanvar: dam olish kuni

29-yanvar: final janglari (ayollar: 13:00-16:00, erkaklar: 17:00-20:00)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?