Boks boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi

Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks boʻycha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Nufuzli musobaqa yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Xususan, Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg), Abdumalik Xalakov (57 kg), Ruslan Abdullayev (63,5 kg), Saidjamshid Jafarov (75 kg) va Lazizbek Mullojonov (+92 kg), oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.
Vakillarimizdan Odiljon Aslonov (-80 kg) va Madiyar Saidrahimov (-92 kg) finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Shaxzod Muzaffarov (-54 kg), Adhamjon Muhiddinov (-60 kg) va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg) Osiyo chempionatining bronza medallari bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar oʻrtasida esa Navbahor Hamidova (-66 kg) oltin, Sohiba Roʻzmetova (-75 kg) kumush va Farzona Fozilova (-48 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Osiyo chempionati yakunlariga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring