Boks: 12 nafar finalchimizning barchasida oltin!

16:06 30 Yanvar 2022 Sport
1415 0

Mamlakatimiz mezbonligida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida tashkil etilgan Osiyo chempionatida yigitlarimiz 12 ta oltin medal bilan taqdirlandi.

Eʼtiborlisi, finalga yetib kelgan barcha bokschilarimiz ringda oʻz raqiblaridan har jabhada ustun ekanliklarini namoyish etishdi.

Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan yigitlarimiz bilan tanishing:

-48 kg: Asilbek Jalilov

-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov

-54 kg: Shaxzod Muzaffarov

-57 kg: Dilshod Abdumurodov

-60 kg: Xurshid Rasuljonov

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev

-67 kg: Javlon Yoʻldoshev

-71 kg: Azizbek Tojiyev

-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev

-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev

-86 kg: Timur Merjanov

+92 kg: Jahongir Zokirov.

Tarixda ilk marotaba oʻtkazilgan qitʼa chempionatida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni band etishdi.

Eslatib oʻtamiz, yigitlarimiz 12 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan boʻlsa, qizlarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?