Boysunda qish mavsumiga hozirdan taraddud koʻrilmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi turmush tarzining yanada yaxshilanishida energiya resurslaridan unumli va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan iqtisodiyot korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari va aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda ilgʻor yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, tabiiy gaz taʼminotida raqamli texnologiyalarning tatbiq qilinishi va ikki bosqichli tizimga oʻtkazilishi tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini berayotir.
Xususan, Boysun tumanidagi Shoʻrsoy, Poygaboshi, Gaza, Togʻchi, Obi, Chorchinor, Bogʻibolo, Tuzbozor, Kosiblar, Ariq usti, Mustaqillik. Bibishirin kabi mahallalarida yashovchi besh mingga yaqin aholi xonadonlariga ASKUG tizimida ishlovchi yangi elektron gaz hisoblash uskunalarini oʻrnatish ishlari toʻliq yakunlandi..
Oʻz navbatida Boysun tumanida mavjud 124 ta, jumladan, 15 ta yuqori bosimli hamda 109 ta oʻrta bosimli gaz taqsimlash shoxobchalari qisqartirilib, umumiy soni 16 taga tushirildi. Isteʼmolchilarga tabiiy gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida tumanda RDUK-200 rusumli yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi oʻrnatildi.
— Tabiiy gaz tanqis hududlarda foydalanilmayotgan 8 km uzunlikdagi quvurlar demontaj qilinishi barobarida tuman markazidagi aholi xonadonlariga “zangori olov”ni yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadida 5 km uzunlikdagi quvurlar katta diametrlisiga almashtirildi. Shuningdek, 2 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, yer ustiga chiqarildi, — deydi “Boysuntumangaz” gaz taʼminoti korxonasi rahbari B. Normamatov.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring