Boysunda “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi foydalanishga topshirildi

16:30 16 Noyabr 2020 Jamiyat
544 0

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Isteʼmolchilar uyi” hamda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida shu kunga qadar – Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bogʻdod, Fargʻona, Koson, Olot, Dehqonobod tumanlarida hamda Fargʻona va Margʻilon shaharlarida 15 ta barcha qulayliklarga ega boʻlgan, koʻrkam va shinam majmualar bunyod etildi. Yil oxiriga qadar yana 8 ta ana shunday maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari ishga tushiriladi. Ularda yuzga yaqin yosh oʻgʻil va qizlarning ish bilan taʼminlanishiga erishildi.

Bugun ham Surxondaryo viloyati Boysun tumanida zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega va 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur maʼmuriy kompleksda tashkil etilgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar oʻrin olgan.

Bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham taqdim etiladi.

Tadbirda federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov soʻzga chiqib, Ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasini ham shakllantirilib, qaysiki oʻquvchi pandemiya sharoitida uyidan turib, kitoblarni buyurtma qilishi va elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkin boʻlgan kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmasi ham oʻrnatilganligi haqida taʼkidladi. Bundan tashqari, majmuadan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar uchun bepul chevarlikka oʻrgatish markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan doʻppichilik, duradgorlik, kulolchilik, shuningdek, sportning kurash, boks, karate va shunga oʻxshash 15ga yaqin toʻgaraklar Bundan tashqari, hozirda yosh farzandlarimiz katta qiziqish bildirayotgan milliy cholgʻu asboblarini yasash va oʻrgatish boʻlimini ham ish boshlayotgani yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning yana bir koʻrinishi ekani haqida aytib oʻtdi.

Ular shahardagi barcha maktablarning musiqa fani oʻqituvchilari bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, ushbu darsni amaliyot shaklida haftaning muayyan soatida bu yerda oʻtishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov va Boysun tuman hokimi Asqarali Joʻrayev tumanda isteʼmolchilarga yaratilgan sharoitlar va bundan keyin qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida kelishib olishdi.

Bundan tashqari, “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksida joy olgan “Isteʼmolchi qabulxonasi”da esa, isteʼmolchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.

Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh oʻgʻil-qizlarimizning ham maʼnaviy tafakkurini boyitish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, yashirin salohiyati va isteʼdodini kashf etish uchun beqiyos imkoniyatlar beshigi boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?